locale OZ

MLS. Messining uchta golli uzatmasi «Inter Mayami»ga «Nyu-Inglend Revolyushn»ni yirik hisobda mag'lub etdi

Messidan uchta assist.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. Messining uchta golli uzatmasi "Inter Mayami"ga "Nyu-Inglend Revolyushn"ni yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

MLS chempionati doirasidagi navbatdagi bahsda "Inter Mayami" o'z maydonida "Nyu-Inglend Revolyushn" jamoasini qabul qildi.

Florida klubi safida Tadeo Allende va Jordi Alba ikkitadan gol urishdi. Argentinalik hujumchi Lionel Messi uchta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Natijada "Inter Mayami" 59 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog'onasini band etgan. Klubni chempionat peshqadami bilan 7 ochko ajratib turibdi.

AQSh — Major League Soccer (MLS)
Inter Mayami (Mayami) — Nyu-Inglend Revolyushn (Foksboro) - 4:1
Gollar: 1:0 — Allende (32'), 2:0 — Alba (45+3'), 2:1 — Turgeman (59'), 3:1 — Allende (60'), 4:1 — Alba (63')

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting