MLS. Messi gol urgan oʻyinda «Inter Mayami» «Di-Si Yunayted»ni mag‘lub etdi
8 mart kuni Vashingtondagi «Audi Fild» stadionida MLS muntazam chempionati doirasida navbatdagi tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar — «Inter Mayami» klubi «Di-Si Yunayted» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda «Inter Mayami»ning argentinalik yulduz futbolchilari Rodrigo De Paul hamda Lionel Messi raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘z jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etishdi. Mezbonlar safida yagona javob to‘pini Tay Baribo kiritdi. Urugvaylik tajribali forvard Luis Suares uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, bahsni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, «Inter Mayami» 3 ta o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘arib, Sharqiy konferensiya turnir jadvalida uchinchi o‘rinni band etdi. Vashingtonliklar esa xuddi shu qadar o‘yindan so‘ng 3 ochko bilan yettinchi pog‘onada bormoqda.