MLS. Messi gol urgan bellashuvda «Inter Mayami» mag'lub bo'ldi
«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasida o'z maydonida «Toronto»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
59-daqiqada «Toronto» hujumchisi Joshua Sarjent hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o'tib, mehmonlar forvardi Derrick Et'jen jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
83-daqiqada mezbonlar hujumchisi Lionel Messi hisobdagi farqni qisqartirdi va bahsning yakuniy natijasini o'rnatdi — 1:2.
Messi ketma-ket ikkinchi uchrashuvda samarali harakat qayd etdi. U avvalgi bahsda «Nashvill»ga qarshi o'yinda golli uzatmani amalga oshirgandi. O'sha uchrashuv «Inter Mayami»ning 1:4 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan.
«Inter Mayami» 21 ta uchrashuvdan keyin 39 ochko bilan MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
MLS
Inter Mayami – Toronto 1:2
Gollar: Messi 83 – Sarjent 59, Et'jen 61