MLS Messi bo'yicha qaror chiqardi: argentinalik yulduz diskvalifikatsiya qilinmaydi
"Inter Mayami" hujumchisiga 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so'ng tiklanish uchun maxsus ta'til berilgan.
Foto: Getty Images
Major League Soccer (MLS) Lionel Messi MLS All-Star uchrashuvini o'tkazib yuborgani uchun diskvalifikatsiya qilinmasligini rasman tasdiqladi.
Liga ma'lum qilishicha, "Inter Mayami" hujumchisiga 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so'ng tiklanish uchun maxsus ta'til berilgan. Shu sababli u All-Star o'yinini o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, unga nisbatan hech qanday intizomiy jazo qo'llanilmaydi.
Eslatib o'tamiz, 2025-yilda Messi va Jordi Alba MLS All-Star uchrashuvini ruxsatsiz o'tkazib yuborgani sababli bir o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi. Biroq bu safar MLS va futbolchilar uyushmasi o'rtasidagi kelishuv asosida Jahon chempionati ishtirokchilariga tiklanish davri berilgani sababli Messi jazodan ozod etildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist