locale OZ

MLS. Messi assist qildi, «Inter Mayami» «Atlanta» bilan durang o‘ynadi

«Inter Mayami» 23 ta o‘yindan keyin 43 ochko bilan MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
MLS. Messi assist qildi, «Inter Mayami» «Atlanta» bilan durang o‘ynadi
ФОТО: Getty images

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionatining uy uchrashuvida «Atlanta» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

32-daqiqada Lionel Messining uzatmasidan so‘ng «Inter Mayami» yarim himoyachisi Kazemiro hisobni ochdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib, «Atlanta» hujumchisi Migel Almiron javob golini urdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa Luis Suares mezbonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

73-daqiqada Almiron penaltidan foydalana olmadi. 86-daqiqada esa «Atlanta»ning yangi hujumchisi Brel Embolo 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

«Inter Mayami» 23 ta o‘yindan keyin 43 ochko bilan MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. «Atlanta» esa 23 ta bahsda 22 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting