MLS. Lionel Messi gol urgan o'yinda “Inter Mayami” yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi
FOTO: Getty Images
MLS USA
10.05.2025, Yak.
Minnesota United
4
Inter Miami CF
1
MLS'ning 12-turidan o'rin olgan bahsda “Minnesota Yunayted” va “Inter Mayami” o'zaro bahs olib bordi va yakunda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab, hisob 32-daqiqada Bongokule Xlongvan tomonidan ochildi. 45+2-daqiqada esa Antoni Markanich mezbonlarning ustunligini mustahkamladi.
Ikkinchi bo'lim boshida, aniqrog'i 48-daqiqada Lionel Messi hisobni qisqartirdi. Biroq 68-daqiqada Marselo Vegandt o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 70-daqiqada esa Robin Lod hisobni 4:1 ko'rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, “Minnesota Yunayted” ushbu g'alabadan so'ng G'arbiy konferensiyada 2-o'ringa ko'tarilib oldi (22 ochko). “Inter Mayami” esa Sharqiy konferensiyada 4-o'rinni egallab turibdi (21 ochko).
Nasrullo Karimov
Jurnalist