MLS Kubogining ilk yarimfinal juftligi maʼlum boʻldi
23 dan 24 noyabrga o‘tar kechasi MLS Kubogi pley-offining chorak final bahsida «Nyu-York Siti» jamoasi safarda «Filadelfiya Yunion» ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi va turnirning yarimfinal bosqichiga yo‘l oldi. Uchrashuvdagi yagona golni mehmonlar safidagi argentinalik yarimhimoyachi Maksi Morales urdi.
Shu tariqa MLS Kubogi pley-offining ilk yarim final juftligi ma’lum bo‘ldi. «Nyu-York Siti» yarim finalda avvalroq kuchli to‘rtlikka yo‘llanma olgan «Inter Mayami» bilan to‘qnash keladi. Mazkur bahs 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning ikkinchi juftligi esa ertaga, 25 noyabr kuni aniqlanadi. «San-Diyego» — «Minnesota Yunayted» o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi g‘olibi «Vankuver Uaytkaps»ga raqib bo‘ladi. «Vankuver» bungacha «Los-Anjeles»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib (2:2, 4:3 pen.), yarimfinalga yo‘l olgan edi.
1/2 final juftliklari:
«Inter Mayami» — «Nyu-York Siti»
«Vankuver Uaytkaps» — «San-Diyego» / «Minnesota Yunayted» g‘olibi