MLS klubi Son uchun 20 mln dollar maosh taklif qildi
Photo: Getty Images
Son Xyon Min MLSda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Los-Anjeles" "Tottenxem"ning 33 yoshli vingeriga yiliga taxminan 20 million dollar maosh taklif qilgan.
MLSda maosh olish bo‘yicha rekordchi esa "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bo‘lib, u mavsumda 20,45 million dollar maosh oladi.
Avvalroq "shporlar" London klubidan ketishini e’lon qilgan Son uchun 20 million funt olmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist