locale OZ

MLS klubi Neymar bilan muzokaralar olib bormoqda — manba

Braziliyalik futbolchining «Santos» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS klubi Neymar bilan muzokaralar olib bormoqda — manba
FOTO: Getty Images

AQSHning «Sinsinnati» klubi «Santos» hujumchisi Neymarning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda tomonlar o‘rtasidagi aloqalar boshlang‘ich bosqichda, biroq MLS klubi 34 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Neymar «Santos» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025 yilning yanvar oyida o‘zining qadrdon jamoasi — Braziliya klubiga qaytgan edi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning oxiriga qadar imzolangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik yulduzning ayni damdagi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting