MLS. «Inter Miami» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Messidan dubl va assist
Argentinalik futbolchi yana maydonni golsiz tark etmadi.
ФОТО: Getty images
MLSning navbatdagi turida “New York City” o‘z maydonida “Inter Miami”ni qabul qildi.
Uchrashuv Nyu-York shahridagi “City Field” stadionida o‘tkazildi va mehmonlar yirik hisobda g‘alaba qozondi — 4:0.
Mehmonlar safida Lionel Messi dubl qayd etdi va bir golga uzatma berdi. Shuningdek, urugvaylik Luis Suares va argentinalik Baltasar Rodriges ham bittadan gol muallifi bo‘lishdi.
Shu tariqa, “Inter Miami” uchun bu ketma-ket uchinchi g‘alaba bo‘ldi.
AQSH — Major League Soccer (MLS)
25 sentyabr 2025 yil, payshanba. 02:30 (MSK)
New York City — 0:4 — Inter Miami
Gollar: 0:1 — Rodriges (43'), 0:2 — Messi (74'), 0:3 — Suares (83'), 0:4 — Messi (86')
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist