locale OZ

MLS. «Inter Miami» mavsumni g‘alaba bilan yakunladi. Messidan xet-trik va assist

Florida klubi 3-o‘rinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. 'Inter Miami' mavsumni g‘alaba bilan yakunladi. Messidan xet-trik va assist
ФОТО: Getty images

MLS chempionati doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda 'Nashvill' o‘z maydonida 'Inter Miami'ni qabul qildi.

Uchrashuv 5:2 hisobida Florida klubining g‘alabasi bilan yakunlandi.

'Inter Miami' safida argentinalik yulduz Lionel Messi xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Messi o‘z hisobiga bitta golli uzatmani ham yozib qo‘ydi.

Bu bahs MLSning muntazam chempionatdagi oxirgi turi bo‘ldi. Unga ko‘ra, 'Inter Miami' 34 o‘yinda 65 ochko to‘plab, Sharqiy konferensiyada 3-o‘rinni egalladi.

AQSH — MLS. Muntazam mavsumning 34-turi
Nashvill (Nashvill) – Inter Miami (Miami) – 2:5
Gollar: 0:1 – Messi (35'), 1:1 – Sarrij (43'), 2:1 – Shaffelburg (45+6'), 2:2 – Messi (63'), 2:3 – Rodriguez (67'), 2:4 – Messi (81'), 2:5 – Segovia (90+1').

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting