locale OZ

MLS. «Inter Mayami»dan g‘alaba, Messidan gol va uchta assist

Endilikda jamoa «Filadelfiya» — «Nyu-York Siti» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. «Inter Mayami»dan g‘alaba, Messidan gol va uchta assist
ФОТО: Getty images

AQSHning Sinsinnati shahridagi «TQL Stadium» arenasida MLS pley-offi chorak finali doirasida «Sinsinnati» va «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning yirik g‘alabasi bilan — 4:0 hisobida yakunlandi.

Gʻolib jamoa tarkibida argentinalik futbolchilar Mateo Silvetti va Tadeo Allende (dubl) gol urdilar. Yana bir gol va uchta golli uzatma esa yulduz hujumchi Lionel Messi hissasiga to‘g‘ri keldi.

AQSH — Major League Soccer. 1/4 final
Sinsinnati — Inter Mayami - 0:4
Gollar: 0:1 — Messi, 19', 0:2 — Silvetti, 57', 0:3 — Allende, 62', 0:4 — Allende, 74'

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting