locale OZ

MLS. «Inter Mayami»dan g'alaba, Messidan gol va assist

'Inter Mayami' 27 o'yindan so'ng 49 ochko jamg'arib, MLS Sharqiy konferensiyasi jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. «Inter Mayami»dan g'alaba, Messidan gol va assist
ФОТО: Getty images

Florida shtatidagi (AQSh) Fort-Loderdeyl shahrida joylashgan 'DRV PNK Stadium'da MLSning navbatdagi turidan o'rin olgan 'Inter Mayami' — 'Sietl Saunders' uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mayami klubi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda mezbonlar safida Alba, Messi, Frey bittadan gol urishdi. Mehmonlarning yagona goli Vargas hisobiga yozildi.

Darvoqe, bellashuvda argentinalik 38 yoshli futbolchi Messining uzatmasi bilan Albaning goli kiritildi.

'Inter Mayami' 27 uchrashuvdan so'ng 49 ochko jamg'arib, MLS Sharqiy konferensiyasi jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarildi. 'Sietl Saunders' esa 29 o'yinda 45 ochko bilan G'arbiy konferensiyada to'rtinchi pog'onada qolmoqda.

MLS — AQSh. Muntazam chempionat
Inter Mayami (Mayami) — Sietl Saunders (Sietl) — 3:1
Gollar: Alba 12, Messi 41, Frey 52 – Vargas 69.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting