MLS. «Inter Mayami» safarda «Los-Anjeles»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi
AQSHda MLSning yangi mavsumi start oldi. 1-turning markaziy uchrashuvida yulduzli tarkibga ega «Inter Mayami» safarda «Los-Anjeles» mehmoni bo‘ldi.
O‘yin kutilmaganda mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. «Los-Anjeles» vakillari — David Martines, Deni Buanga va Natan Ordas birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy 3:0 hisobini ta’minlashdi.
Shunisi e’tiborliki, yaqinda «Los-Anjeles» safiga kelib qo‘shilgan janubiy koreyalik yulduz Son Hyon Min debyut o‘yinidayoq samarali uzatmani (assist) amalga oshirib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
«Inter Mayami» ustozi asosiy tarkibda Lionel Messi va Rodrigo De Paulga ishonch bildirdi. Har ikki futbolchi 90 daqiqa maydonda harakat qildi, biroq mezbonlar himoyasini yorib o‘tishda ojizlik qilishdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Luis Suares ham vaziyatni o‘zgartira olmadi.
Shu tariqa, «pushtiranglar» yangi mavsumni yirik mag‘lubiyat bilan boshlashdi.
MLS. 1-tur
«Los-Anjeles» — «Inter Mayami» 3:0
Gollar: Martines, Buanga, Ordas.