locale OZ

MLS. «Inter Mayami» Messi va Suaresning gollari evaziga safarda «Toronto»ni magʻlub etdi

Hozirda floridaliklar Sharqiy Konferensiya turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS. «Inter Mayami» Messi va Suaresning gollari evaziga safarda «Toronto»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

MLSning 2026 yilgi mavsumi doirasida Kanadaning «Toronto» hamda Floridaning «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda mehmonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Rodrigo De Paul mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada esa Luis Suares Lionel Messining uzatmasidan so‘ng jamoasining ustunligini mustahkamladi. 73-daqiqada Serxio Regilon hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi, ushbu golda ham Messi assistentlik qildi. 75-daqiqada esa Lionel Messining o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Mezbonlar safida Emilio Aristisabal 82-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 90-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng, «Toronto» 14 ochko bilan Sharqiy konferensiya turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. «Inter Mayami» esa 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting