MLS. «Inter Mayami» jangovor durang qayd etdi, Messi to‘liq o‘yin o‘tkazdi
Leo gol ura olmadi.
ФОТО: Getty images
MLS 7-turidan o‘rin olgan «Inter Mayami» hamda «Nyu-York Red Bullz» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mayami klubi safida Messi maydonda to‘liq harakat qildi.
Bu natijadan so‘ng «Inter Mayami» 12 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 10-pog‘onasida qayd etilgan bo‘lsa, «Nyu-York Red Bullz» 11 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinni band etgan.
MLS. 7-tur
Inter Mayami — Nyu-York Red Bullz 2:2
Gollar: Silvetti 45+1, Berterame 55 — Ruvalkaba 15, Mehmeti 77.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist