MLS. «Inter Mayami» gollarga boy o‘yinda g‘alaba qozondi. Suaresda xet-trik
Messi ikki assist qayd etdi.
ФОТО: Getty images
Inter Mayami MLS muntazam chempionati doirasida o‘z maydonida Philadelphia’ni 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida German Berterame (13- va 41-daqiqalar), 39 yoshli Luis Suares (29-, 44- va 81-daqiqalar) hamda Rodrigo de Paul (90+3-daqiqa) gol muallifiga aylandilar. Lionel Messi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U 73-daqiqada jarohati tufayli zaxiraga olindi.
Shu tariqa, Inter Mayami Sharqiy konferensiya jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi (15 ta o‘yindan so‘ng 31 ochko). Philadelphia (15 ta o‘yindan so‘ng 7 ochko) esa 15-pog‘onada bormoqda.
MLS, 25 may.
Inter Mayami — Philadelphia 6:4
Gollar: Berterame 13, 41 (dubl), Suares 29, 44, 81 (xet-trik), De Paul 90+3 — Iloski 3, 10 (pen), 45+8 (pen, xet-trik), Damiani 20.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist