locale OZ

Mixaylo Mudrik “Chelsi”ni vaqtincha tark etishi mumkin

25 yoshli Mudrik diskvalifikatsiyasi bekor qilingach, “Chelsi” bilan mashg‘ulotlarga qaytgan.
Mixaylo Mudrik “Chelsi”ni vaqtincha tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

“Chelsi” vingeri Mixaylo Mudrik faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, London klubi ukrainalik futbolchini ijara asosida qo‘yib yuborishga tayyor.

25 yoshli Mudrik diskvalifikatsiyasi bekor qilingach, “Chelsi” bilan mashg‘ulotlarga qaytgan. Endi klub unga optimal sport formasini tiklash va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkonini beradigan variantni ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu transfer oynasida futbolchining ehtimoliy manzillaridan biri Fransiyaning “Strasburg” klubi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Italiya chempionatidagi klublardan ham qiziqish borligi aytilmoqda. Biroq Mudrikning o‘zi Angliya Premyer-ligasida qolishni istamoqda.

Mudrikning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Hozircha uning qaysi klubga ijara asosida o‘tishi borasida yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting