locale OZ

Mixail Shtefan – «Dinamo» futbolchisi

Shtefan jamoa safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mixail Shtefan – «Dinamo» futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

Superligada mavsumning ikkinchi qismi boshlanishidan oldin "Dinamo" jamoasi seleksiya jarayonini davom ettirmoqda.

Yozgi transfer oynasida "Dinamo" klubi Moldova milliy jamoasi himoyachisi Mixail Shtefan bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qiladi. 24 yoshli markaziy himoyachi bilan mavsum yakunigacha shartnoma tuzildi. Shtefan jamoa safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Moldovalik himoyachi so‘nggi yillarda Moldova chempionati etakchilaridan biri bo‘lgan "Zimbru" klubida to‘p surgan va iyun oyining oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etib, "Dinamo" o‘yinchisiga aylandi. U jamoamiz safida 3-raqam ostida harakat qiladi.

"Ishonamizki, Mixail Shtefan Samarqanddagi faoliyati davomida o‘z o‘yinlari bilan jamoamizning unutilmas g‘alabalariga hissa qo‘shib, muxlislar mehrini qozonadi", - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting