Mixail Mudrik “Koventri Siti”ga o‘tishi mumkin
“Chelsi” vingeri Mixail Mudrik faoliyatini “Koventri Siti”da davom ettirishi mumkin. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, Premyer-liga vakili 25 yoshli ukrainalik futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogarga aylangan.
“Chelsi” Mudrikni to‘liq sotishni rejalashtirmayapti. London klubi uzoq tanaffusdan keyin futbolchiga muntazam o‘yin amaliyoti kerak deb hisoblamoqda va aynan shu sababli bir mavsumlik ijara variantini ko‘rib chiqmoqda.
“Koventri Siti”ni “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard boshqaradi. U Mudrikni London klubidagi faoliyatidan yaxshi biladi. “Chelsi” rahbariyati ham “Koventri”ning o‘yin uslubi ukrainalik vingerni avvalgi formasiga qaytarish uchun mos kelishi mumkin deb hisoblamoqda. Boshqa klublardan ham qiziqish mavjud, biroq hozircha “Koventri” transfer uchun eng qulay pozitsiyada turibdi.
Ma’lumot uchun, Mudrik 2024-yil noyabridan buyon rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan edi. U iyul oxirida yana mashg‘ulot va o‘yinlarda qatnashishga ruxsat oldi hamda “Chelsi”ning mavsumoldi turnesidagi so‘nggi uchta uchrashuvida maydonga tushdi.