locale OZ

Mixail Mudrik faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Avvalroq ukrainalik futbolchida doping aniqlangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mixail Mudrik faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Chelsi» vingeri, ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasidayoq klubini o‘zgartirishi mumkin.

Turkiyaning Eagle Media nashri xabariga ko‘ra, «Beshiktosh» futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Istanbul klubi rahbariyati yanvar oyida muzokaralarni faollashtirishga tayyor hamda futbolchini to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda Mudrik klub miqyosida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq ukrainalik vinger doping mojarosidan so‘ng yanvar oyidayoq rasmiy o‘yinlarga qaytishi mumkinligi haqida ham xabarlar paydo bo‘lgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting