Mixail Mudrik faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin
«Chelsi» vingeri Mixail Mudrik faoliyatini Fransiya Liga 1'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, antidoping qoidalarini buzgani uchun berilgan diskvalifikatsiyasi bekor qilinganidan so‘ng ham londonliklar 25 yoshli ukrainalik futbolchiga 2026/2027 yilgi mavsum rejalari orasida katta o‘rin ajratmayapti.
Avvalroq Mudrikka bir nechta klublar, jumladan, «Koventri» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq endi «Chelsi» uni ijara asosida Fransiyaning «Strasburg» klubiga yuborishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Mixail Mudrik iyul oyi oxirida diskvalifikatsiyasi bekor qilinganidan so‘ng «Chelsi»ning Gongkongdagi mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilgan edi.