Mitrovich «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qiladi
ФОТО: Getty images
Hujumchi Aleksandr Mitrovich tez orada “Al-Hilol”dan “Ar-Rayyan”ga o‘tadi. Bu haqida jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, serbiyalik 30 yoshli futbolchi va Saudiya klubi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib olgan. U erkin agent sifatida Qatar klubi bilan bitim imzolaydi.
Qatarliklar safida yiliga taxminan 8 million yevro atrofida maosh olishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mitrovich 2023 yilning avgustidan buyon “Al-Hilol”da to‘p suradi. Shu davr ichida futbolchi 79ta o‘yinda 68ta gol urdi va 15ta gol uzatmasi amalga oshirdi.
U avvalroq “Anderlext”, “Nyukasl”, “Fulhem” va boshqa jamoalarda ham o‘ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist