locale OZ

Misr nimchorak finalda! Avstraliya Jahon chempionatini tark etdi

G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Misr nimchorak finalda! Avstraliya Jahon chempionatini tark etdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
03.07.2026, Yak.
Avstraliya
1
Misr
1

2026-yilgi Jahon chempionati 1/16 finalidan o‘rin olgan Avstraliya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida esa Misr futbolchilari 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvdagi hisob 13-daqiqada Misr yarim himoyachisi Imom Ashur tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida esa misrlik himoyachi Muhammad Hani avtogol muallifiga aylanib, Avstraliyaga muvozanatni tiklash imkonini berdi.

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmagach, bahs penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Unda Misr futbolchilari aniqroq harakat qilib, 4:2 hisobida ustun keldi.

Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi endi 1/8 finalda Argentina – Kabo-Verde juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting