Misr milliy jamoasi Afrika Millatlar Kubogi rekordini oʻrnatdi
Misr terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi doirasida Zimbabvega qarshi o‘yinda darvozaga 35 bor zarba yo‘lladi va sakkizta aniq golli vaziyat yaratdi.
Ushbu ikki ko‘rsatkich ham 2010 yildan buyon Opta kompaniyasi turnir statistikasini yurita boshlaganidan beri Afrika Millatlar Kubogining bitta uchrashuvidagi rekord natija bo‘ldi. Bu haqda OptaJean X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Afrika Millatlar Kubogi — 2025 musobaqasining guruh bosqichi 1-turi doirasidagi bahsda Misr terma jamoasi Zimbabve ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. G‘alaba golini misrliklar safida hujumchi Muhammad Saloh 90+1-daqiqada urdi.
B guruhi tarkibidagi boshqa ikki jamoa Janubiy Afrika Respublikasi va Angola terma jamoalaridir. Ushbu kvartetdagi 2 va 3-tur uchrashuvlari 26 va 29 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.