Misr klubi Sherzod Temirovga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekistonlik hujumchi Iroq chempionatida 28 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Iroqning “Erbil” jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov faoliyatini Misrda davom ettirishi mumkin.
Gap shundaki, “Al Ahli” jamoasi Temirovga qiziqib qolgan va uni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
O‘zbekistonlik hujumchi Iroq chempionatida 28 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda u mamlakat chempionati to‘purarlari ro‘yxatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
“Al Ahli” esa Misrning eng kuchli va nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi. Bu klub Afrika Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan, klublar o‘rtasida mundiallarda ham qatnashgan.
Sherzod esa Fabio Cannavaro boshqaruvida jahon chempionatiga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist