locale OZ

Misr JCh — 2026’dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Salohdan gol va assist.
Misr JCh — 2026’dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
ФОТО: Getty images

Jahon chempionatining “G” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kanadaning Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda Misr 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limda Yangi Zelandiya safida Finn Surman gol urib, terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi.

Biroq ikkinchi bo‘limda misrliklar o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oldi. 59-daqiqada Mustafo Ziko hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 67-daqiqada Muhammad Saloh jamoasini oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada esa Trezege uchinchi golni kiritib, Misrning ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Ushbu golga ham Muhammad Saloh assistentlik qildi. Shu tariqa, Misr musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Yangi Zelandiya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi, Misr esa Eron bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv joriy yilning 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting