locale OZ

Misr bosh murabbiyi Argentina bilan o‘yin oldidan nima uchun Messining ismini aytmaganini tushuntirdi

Ushbu bahsda Argentina superkambek amalga oshirgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Misr bosh murabbiyi Argentina bilan o‘yin oldidan nima uchun Messining ismini aytmaganini tushuntirdi
FOTO: Getty Images

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan Jahon chempionatining 1/8 finali doirasidagi Argentina (2:3) bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nima sababdan Lionel Messining familiyasini ataylab tilga olmaganini ochiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu futbolchilardagi ortiqcha hayajon va qo‘rquvni yo‘qotish maqsadida qilingan.

— "Ushbu 'Messi' so‘zining o‘zi ba’zi futbolchilarni biroz cho‘chitib qo‘yishi mumkin. Suhbatlar davomida taktik tahlillarni tushuntirayotganimda va Messi qaysidir harakatni amalga oshirgan vaziyat kelganda, men uning ismini aytishdan qochdim. O‘yinchilar ongidan ortiqcha hurmat yoki qo‘rquvni chiqarib tashlash uchun '10-raqamli futbolchi' yoki 'falonchi raqamdagi o‘yinchi' deb gapirishni ma’qul ko‘rdim. Raqib jamoaning nomini yoki ularning yulduzlarini tilga olishni istamayman", — deya Hassanning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha bahsda Misr terma jamoasi 2:0 hisobida oldinda borayotgandir, biroq o‘yin so‘ngida o‘z darvozasidan uchta gol olib chiqib, yakunda Argentinaga (2:3) imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi. Argentina esa chorak finalda Shveytsariyani (3:1) taslim etib, yarim finalda Angliya bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting