locale OZ

Mishel Kang yaqin vaqt ichida «Lion»ning yakka-yu yagona egasiga aylanadi

Kang hozirda «Lion»ning ayollar jamoasi egasi hisoblanadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Mishel Kang yaqin vaqt ichida «Lion»ning yakka-yu yagona egasiga aylanadi
FOTO: Getty Images

Amerikalik biznesvumen Mishel Kang yaqin kunlarda «Lion» klubining mutloq egasiga aylanadi. Dushanba kuni, 22-iyun oqshomida u Ares Management (Eagle Bidco kompaniyasining asosiy kreditori) hamda Cork Gully (Jon Tekstor klubning nazorat paketi aksiyalariga egalik qilgan bosh kompaniya — Eagle Bidco likvidatsiyasini boshqaruvchi tuzilma) bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Kang allaqachon «Lion»ning ayollar jamoasi hamda Amerikaning «Vashington Spirit» klubi egasi hisoblanadi. U 2025-yilning iyun oyida Jon Tekstordan soʻng klub prezidenti lavozimini egallagan edi. Endilikda amalga oshadigan ushbu bitim unga nazorat paketi aksiyalarini sotib olish va yakka xoʻjayinga aylanish imkonini beradi.

Eagle Bidco qarzlarining sotib olinishi «Lion»ga seshanba, 23-iyun kuni boʻlib oʻtadigan DNCG (Fransiya futbol klublari moliya nazorati tashkiloti) eshittirishidan oldin moliyaviy holatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Avvalroq xabar berilganidek, klub quyi divizionga tushirib yuborilishgacha boʻlgan jiddiy sanksiyalarga uchrash xavfi ostida turgan edi. Barcha rasmiyatchiliklar 15-iyulga qadar hal qilinishi kutilmoqda. Mixael Gerlinger esa klub bosh direktori lavozimida qoladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting