locale OZ

Mirzohid G‘ofurov: «Turdan-turga o‘yinimiz yanada kuchayib boradi»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirzohid G‘ofurov: «Turdan-turga o‘yinimiz yanada kuchayib boradi»
Фото: Металлург ПФК

"Metallurg" sardori Mirzohid G‘ofurov klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Avvalgi turda Respublika FA jamoasi bilan bahsda ikki ochko yo‘qotdik, deb hisoblayman. Raqibga hurmatni saqlagan holda, yaratgan vaziyatlarimizni yarmidan foydalanganimizda yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lardik. Afsuski, omad shu kuni bizdan yuz o‘girdi. Qo‘shimchasiga raqib darvozabonini e’tirof etish lozim. U chindan yaxshi o‘yin o‘tkazdi.

Hakamlik haqida fikrlarim, gaplarim ko‘p, ammo hozir ularni aytganimning foydasi yo‘q. Natija baribir o‘zgarmaydi-ku.

Mavsumga qolgan jamoalardan ko‘ra kamroq vaqt tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak-da, hech bir jabhada qolishmaslikka harakat qilyapmiz. Ishonchim komil, turdan turga o‘yinimiz yanada kuchayib boradi. Dastlabki ikki bahsda ochko ololmagani aksincha TerDU jamoasini xavfliroq qiladi. Umuman olganda PRO-Liga jamoalari bizga qarshi o‘zgacha ishtiyoq bilan harakat qilishi tabiiy. "Metallurg" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Shu sababli biz raqib kim bo‘lishiga qaramay, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. O‘z uyimizda bo‘ladigan bahslarda esa muxlislar qo‘llab-quvvatlashi bilan bu ishni amalga oshirish yanada osonroq bo‘ladi, deb umid qilaman. Oldinda turgan ikki uchrashuvni Bekobodda o‘tkazamiz va 6 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting