locale OZ

Mirzohid G‘ofurov — «Metallurg» futbolchisi

G‘ofurov o‘tgan mavsum "Navbahor" klubi safida harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirzohid G‘ofurov — «Metallurg» futbolchisi
Фото: Металлург ПФК

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Metallurg» tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, himoya chizig‘iga yana bir tajribali futbolchi Mirzohid G‘ofurov taklif etildi.

Ma’lumot uchun, G‘ofurov 1988-yil 22-avgust kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida futbolchi "Mash’al", "Bunyodkor", "Navbahor" va "Neftchi" kabi klublarda to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Mirzohid G‘ofurov o‘tgan mavsum "Navbahor" klubi safida harakat qildi. Superliganing 15 ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachi 1 ta assist muallifiga aylangan.

"Ulkan tajribaga ega himoyachi yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Mirzohid G‘ofurovga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz".

Mirzohid G‘ofurov
Tug‘ilgan sanasi: 02.08.1988
Tug‘ilgan joyi: Namangan
Ampluasi: Himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Mash’al", "Bunyodkor", "Navbahor", "Neftchi".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting