Mirziyoyev va Aliyev yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasidagi muzokaralar davomida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida “Ikki mamlakat — bir chempionat” nomli keng ko‘lamli davlatlararo dastur amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida futbol sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Dastur doirasida yoshlar futbolini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat o‘rtasida tajriba almashish va yirik xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.
“Ikki mamlakat — bir chempionat” tashabbusi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni sport sohasida ham yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.