Mirsaidov bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirildi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Навбаҳор ПФК
“Navbahor” safida yakunlangan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar orasidan yetakchilarni kelasi mavsumda ham “lochinlar” tarkibida olib qolishga harakat qilinmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Timur Tohirovich Kapadze taqdim etgan short-list asosida jamoamizning mahoratli himoyachisi, yakunlangan mavsumda Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2288 daqiqa o‘ynab, raqiblar darvozasiga 1 ta gol urib, 2 assistni amalga oshirgan Saidazamat Mirsaidov bilan kelishuvga erishilib, u bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist