locale OZ

Mirko Yelichich: \"Yosh futbolchilar yanada ko‘proq ishlashlari kerak\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Yelichich: "Yosh futbolchilar yanada ko‘proq ishlashlari kerak"
PHOTO: Telegram

Proliganing 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Olympic" (2:0) uchrashuvidan keyin “Olympic” ustozi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin yaxshi o‘tdi. Raqib ko‘proq bosim qildi, to‘p nazorati ham ular tomonida bo‘ldi. Bizga tajriba yetishmadi", - deb gap boshladi Yelichich.

- Ikkinchi o‘tkazilgan golda darvozabon xato qildi. Uchrashuv davomida u yaxshi o‘ynagandi, bu xatoga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

- To‘g‘risi, o‘sha golni ko‘rmadim, zaxiradan futbolchi tushirishga tayyorlanayotgandim. U yosh posbon, tajriba kam, konsentratsiya yetishmadi. Eng yaxshi darvozabonlar ham xato tufayli gol o‘tkazishadi. Futbolda ko‘p narsani millisoniyalar hal qiladi. Millisoniyaga konsentratsiyani yo‘qotsang xato qilasan va gol o‘tkazib yuborasan.

- 6 ta tur ortda qoldi, "Olympic" siz kutgan futbolni namoyish etyaptimi?

- Yigitlar o‘z vazifalarini bilib olishgan. Albatta yoshlar bilan ishlashda vaqt kerak. 4 oy kam muddat. Yosh futbolchilar yanada ko‘proq ishlashlari kerak.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting