locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Mirko Yelichich: \"Mashg‘ulot va haqiqiy o‘yinning farqi bor\"

Futbol 11 iyn 2025 da 18:20
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Mirko Yelichich: "Mashg‘ulot va haqiqiy o‘yinning farqi bor"
PHOTO: Telegram

Proliganing 9-turidan o‘rin olgan "Olympic" hamda "Aral" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (0:1) so‘ng mezbonlar ustozi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin qiyin o‘tdi. Biz yaxshi futbol o‘ynadik va menga bu yoqdi. Jamoamiz yoshlardan iborat ekanligini inobatga olsak, bizning asosiy vazifamiz ham shunday.

O‘ylashimcha, yigitlar o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi. Raqib safida yoshi katta, tajribali futbolchilar bor edi. Ularga qarshi o‘ynash qiyin. Lekin o‘yin borasida biz bugun yaxshiroq edik.

So‘nggi o‘yinlarda jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratayotgan bo‘lsada, ularni golga aylantira olmayapti. Bu nima bilan bog‘liq? Yigitlarning yosh va tajribasizligi bilanmi?

- Bizning oldinda o‘ynaydigan futbolchilarimizning deyarli barchasi 2007 yilgi futbolchilar - Mubarakovdan tashqari. U o‘z vaqtida, turli yosh toifalarida gollar urib yurardi. Bunday tajribali va jismonan kuchliroq futbolchilarga qarshi o‘ynaganingda esa barchasi qiyin bo‘ladi. Biz mashg‘ulotlarda bu borada ishlayapmiz. Lekin mashg‘ulot va haqiqiy o‘yinning farqi bor", - dedi Mirko Yelichich.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting