locale OZ

Mirko Jeličić: «Bunday paytda futbolchilarni doim ham almashtira olmaymiz»

"Temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi "Jayhun"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Jeličić: "Bunday paytda futbolchilarni doim ham almashtira olmaymiz"
Фото: Локомотив ПФК

Pro liganing 18-turi doirasida "Jayhun" – "Lokomotiv" (2:5) uchrashuvidan so‘ng "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Mirko Jeličić matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘yin oson o‘tmasligini oldindan bilardik. Jamoaning kayfiyati yaxshi edi. "Jayhun"ning o‘yinlarini ko‘rgandik, ular qanday harakat qilishlarini tahlil qilgandik. Pro-ligadagi birinchi mavsum uchun o‘yinlari yomon emas. Mashg‘ulotlarda yigitlarga ularning o‘yinlari yaxshi ekanligini, iqtidorli futbolchilari borligini tushuntirgandim. "Jayhun" futbol o‘ynashga harakat qilmoqda, bu tahsinga sazovor.

- Bugun "Jayhun" futbolchilariga nima bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- "Lokomotiv" tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p. "Jayhun"da bosim yo‘q, ular bemalol bosimsiz futbol o‘ynashlari mumkin. Bizda esa oldimizga qo‘yilgan vazifa bor va bu futbolchilarni biroz bosim ostiga qo‘ymoqda. Umuman olganda "Jayhun" yaxshi jamoa, ular bugun yomon o‘ynamadi.

- 4:0 hisobidan keyin "Lokomotiv" bo‘shashib qoldi.
- Pro-ligada o‘yinlar ko‘p emas. Bunday paytda futbolchilarni doim ham almashtira olmaymiz va barqarorlikni ushlash ham qiyinroq. 4:0dan keyin kam o‘yin amaliyotiga ega futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular mavsum davomida ko‘p ham o‘ynamagan. Va albatta, 4:0dan keyin fikrlash ham o‘zgaradi va odam bo‘shashadi", — deya Jeličićning so‘zlaridan keltiradi "Lokomotiv" matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting