locale OZ

Mirjamol Qosimov: O'tgan mavsumda biz chempionlikka da'vogar sifatida ko'rilmagan edik

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirjamol Qosimov: O'tgan mavsumda biz chempionlikka da'vogar sifatida ko'rilmagan edik
Mirjamol Qosimov: O'tgan mavsumda biz chempionlikka da'vogar sifatida ko'rilmagan edik

Superliganing yettinchi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" — OKMK (1:0) uchrashuvidan so'ng olmaliklar yarimhimoyachisi Mirjamol Qosimov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra: "Yutib o'rgangan jamoa yutqazishni ham bila olishi kerak. Ko'rib turibsiz, o'yin yomon o'tmadi. Harorat ham ta'sir qildi, albatta. "Bunyodkor" tempni biroz pasaytirishga harakat qildi va bu natija berdi. Menimcha, aynan shu AGMKning gol ura olmagan sabablaridan biri bo'ldi".

"Jamoada muhit juda yaxshi. Yigitlar har qanday o'yinga shay. Hammamizning bosh maqsadimiz — chempionlik.

Hatto o'tgan mavsumda ham bizga chempionlik da'vogari sifatida qaralmagandi. Lekin OKMK nuqtai nazardan kutilmagan holda kumush medallarni qo'lga kiritdi. Shukr, mehnatimiz bilan hurmat qozondik, deb o'ylayman".

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting