locale OZ

Mirjalol Qosimov: Ular g'alabani sovg'a qilamiz deya vada berishgan edi va o'z vadalarining ustidan chiqishdi

OKMK bosh murabbiyi Bunyodkor bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirjalol Qosimov: Ular g'alabani sovg'a qilamiz deya vada berishgan edi va o'z vadalarining ustidan chiqishdi
photo: OKMK FK

Superliganing 22-turi doirasida OKMK - "Bunyodkor" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Haqiqatdan ham muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Bu uchrashuv qiziqarli bo'lishi kutilayotgan edi. Birinchi bo'limda ochiq futbol namoyish etdik.

Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va shu sababli oxirigacha kurashdik. Futbolchilar tug'ilgan kunimga eng yaxshini sovg'ani taqdim etishdi.

Ular g'alabani sovg'a qilamiz deya vada berishgan edi va o'z vadalarining ustidan chiqishdi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman" - dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting