Mirjalol Qosimov Hindiston klubi bilan shartnoma imzoladi
30 yoshli futbolchi “Qizilqum”, “Aral Samali” jamoalarida to'p surgan.
Фото: Getty Images
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Mirjalol Qosimov faoliyatini yana Hindiston chempionatida davom ettiradi.
Sports24.uz nashri xabariga ko‘ra, futbolchi “Gokulam Kerala” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klub I ligasida ishtirok etadi.
Qosimov bunga qadar ham Hindistonda “Neroka” va “Mohammadan” jamoalarida o‘ynagan. Bu ligada o‘ynash bo‘yicha tajribaga ega hisoblanadi.
30 yoshli futbolchi “Qizilqum”, “Aral Samali” jamoalarida to‘p surgan.