locale OZ

Mirjalol Qosimov: G'alaba qozonishni juda xohlagandik

OKMK bosh murabbiyi Qo'qon-1912 bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirjalol Qosimov: G'alaba qozonishni juda xohlagandik
photo: OKMK FK

Superliga 24-turidan o'rin olgan OKMK - "Qo'qon-1912" 0:1 uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikr bildirdi.

"G'alaba qozonishni juda xohlagandik. Lekin uchrashuv boshidagi xato qimmatga tushdi. Shogirdlarim ancha harakat qilishdi, ammo gol ura olmadik. "Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun oddiy vaziyatlarda ko'p xatoga yo'l qo'ydik.

Albatta, mag'lubiyat sabablarini tahlil qilamiz. Hozir jamoaga kichik tatil berib, shundan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytamiz. Oldinda qiyin o'yinlar kutyapti, jiddiy hozirlik ko'rishimiz kerak",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting