Mirjalol Qosimov faoliyatini Maldivda davom ettiradi
U ilgari ham bu yerda o‘ynagandi.
Фото: Victory
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Mirjalol Qosimov faoliyatini yana xorijda davom ettiradi.
Sports24.uz nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Maldiv orollarining “Viktoriya” jamoasida o‘ynashda davom etadi. U ilgari ham bu yerda o‘ynagandi.
Bunga qadar Qosimov “Gokulam Kerala”da to‘p surgandi. Hindistondagi faoliyatidan so‘ng Maldivga yo‘l oldi.
31 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Qizilqum”, “Aral Samali” jamoalarida ham to‘p surgan.