locale OZ

Mirjalol Qosimov: Birinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz ofsaydmi, ofsayd emasmidi, shubha tug'diryapti

OKMK bosh murabbiyi Andijon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirjalol Qosimov: Birinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz ofsaydmi, ofsayd emasmidi, shubha tug'diryapti
Photo: Andijon FK

“Andijon” - OKMK (1:0) o'rtasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Avvalambor, muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Negaki, ajoyib atmosferada futbol o'yini guvohi bo'ldik. O'yinga kelsak, albatta mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Birinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz ofsaydmi, ofsayd emasmidi, shubha tug'diryapti. Shunga qaramasdan “Andijon” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo'limda juda ko'p mehnat qildik. Lekin “Andijon” tartibli himoyalandi. “Andijon” darvozasiga yo'l topa olmadik. Darvozaboni ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Oxirgi daqiqada Xurshid G'iyosov imkoniyatini golga aylantirishi mumkin edi. “Andijon” jamoasiga OCHLda omad tilab qolaman.

- OKMK jamoasini g'alaba qozona olmaganiga nima yetishmadi, deb o'ylaysiz?

- Yaratilgan vaziyatdan foydalanish kerak-da. Ikkinchi bo'lim boshidagi shijoat bilan birinchi bo'limga ham chiqish kerak edi. Bunaqa uchrashuvlarda vaziyat bo'lmaydi. “Andijon” yaxshi himoyalanganiga qaramasdan biz vaziyat yaratdik, biroq uni golga aylantira olmadik.

- Ikkinchi bo'limda Asad Sobirjonov maydonga tushgach, OKMKni hujumlari ko'paydi. Uni birinchi bo'limda tushirsa bo'lmasmidi?

- Lekin degan joyi bor-da. Tushirganimizda boshqasinichi deyishardi. Har doim savollar bo'laveradi. Haqiqatan yomon o'ynagani yo'q. Lekin tortishish bo'lgan vaziyatda unday qilmaslik kerak edi. Negaki, shundoq ham vaqt bizni foydamizga ishlamayapti. Bu vaziyatda futbol o'ynash kerak edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting