Mirjahon Mirahmadov jarohat oldi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Динамо ПФК
“Dinamo”ning Dubay yig‘inidagi so‘nggi mashg‘ulotlaridan birida jamoa hujumchilaridan biri Mirjahon Mirahmadov jarohat olib, klub shifokorlari yordamida maydonni tark etgandi.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Mirjahon Mirahmadovning chap oyoq tizza cho‘qsimon paylari uzilgani aniqlandi. Klub tibbiy bo‘limining ma’lum qilishicha, jamoa hujumchisi tez orada tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Operatsiyadan so‘ng Mirahmadovning to‘liq tiklanib, safga qaytishi uchun 5-6 oy vaqt talab etilishi taxmin qilinmoqda.
“Dinamo” PFK jamoasi va muxlislar nomidan Mirjahon Mirahmadovga sog‘liq tilaymiz va ishonamizki, u jarohatdan to‘liq tiklanib, yana jamoamizga yashil maydonda yordam beradi”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist