locale OZ

Mirabror Usmonov kubogi-2025. O‘zbekiston U-23 Saudiya Arabistonini ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirabror Usmonov kubogi-2025. O‘zbekiston U-23 Saudiya Arabistonini ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Photo: UFA

Toshkentda har yili an’anaviy tarzda Mirabror Usmonov xotira turniri o‘tkaziladi. Bu yilgi turnirda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning U-23 jamoalari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Mirabror Usmonov kubogi-2025 ilk turida Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston yoshlar jamoasidan Samandar Mavlonqulov, Jahongir O‘rozov va Nodir Abdurazzoqov to‘p kiritdi.

25 iyul kuni Saudiya Yaponiya qarshi o‘ynasa, 28 iyulda O‘zbekiston kunchiqar yurt vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Mirabror Usmonov kubogi-2025
O‘zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 3:1
22 iyul. «Jar» stadioni
Gollar: Samandar Mavlonqulov (9), Jahongir O‘rozov (11), Nodir Abdurazzoqov (48) — Murad Kudri (58).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting