locale OZ

Minte “Liverpul”ga o‘tishni xohlamoqda

Futbolchi bu orqali o‘zining kumiri Sadio Mane bosib o‘tgan yo‘lni takrorlashni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Minte “Liverpul”ga o‘tishni xohlamoqda
Foto: Getty Images

“Brayton” vingeri Yankuba Minte faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishni istamoqda. 22 yoshli gambiyalik futbolchi mersisaydliklar safiga qo‘shilishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Liverpul” Minte uchun avval 50 million, keyin esa 60 million funt taklif qilgan, biroq “Brayton” har ikki taklifni ham rad etgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub futbolchini taxminan 70 million funtga baholamoqda.

Insayder Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Mintening o‘zi “Liverpul”ga o‘tishni juda xohlaydi. Futbolchi bu orqali o‘zining kumiri Sadio Mane bosib o‘tgan yo‘lni takrorlashni istamoqda. Mintega “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha rasmiy taklif yubormagan.

Ma’lumot uchun, Mintening “Brayton” bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting