Mini-futbol bo‘yicha Rahbar kubogi respublika bosqichi musobaqasiga qurʼa tashlandi
Musobaqalar shu yilning 17-19-oktabr kunlari Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida bo'lib o'tadi.
Photo: tashcitysport
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Rahbar kubogi" sport musobaqasining respublika bosqichiga qurʼa tashlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, viloyat hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev, sport boshqarmalari rahbarlari hamda vazirlik va viloyat jamoalari tarkibi, hakamlar ishtirok etdi.
Qur’a tashlash jarayonida mas’ullar tomonidan ishtirokchi jamoalarga musobaqa qoidalari va nizomlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.
Musobaqalar shu yilning 17-19-oktabr kunlari Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida bo'lib o'tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor