Mingbuloqda «Bosh prokuror kubogi» uchun kurash bellashuvlari davom etmoqda
Mingbuloq tumani sport maktabida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida “Bosh prokuror kubogi” uchun sportning milliy kurash turi bo‘yicha mahalla bosqichlari qizg‘in davom etmoqda.
Tadbirda tuman hokimi Ahrorbek Mansurov, tuman prokurori Nigina Gaibbayeva hamda tuman IIB boshlig‘i Bobur Shukurov ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tiladi va ularni yuksak natijalarga erishishga chorladi.
Musobaqalarda mahallalardan kelgan polvonlar o‘zaro kuch sinashib, halollik va mardlik ruhida bellashmoqda. Bahslar murosasiz va tomoshabop tarzda o‘tib, sport muxlislariga yuqori kayfiyat ulashmoqda.
Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi — yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.
G‘oliblar keyingi bosqichlarga yo‘llanma olib, tuman sha’nini yuqori bosqichlarda himoya qiladi.