locale OZ

Milliy terma jamoamiz poytaxtimizda navbatdagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milliy terma jamoamiz poytaxtimizda navbatdagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda
PHOTO: Telegram

Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston, Xitoy va Braziliya milliy terma jamoalari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini start oldi.

Mashg‘ulotlarda Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlaridan tortib, yosh taekvondochilargacha ishtirok etib, tajriba to‘plashmoqda. Yig'inda terma jamoamizning jami 35 nafar vakili qatnashayotgan bo'lsa, Xitoydan 19 nafar, Braziliyadan 9 nafar taekvondo ustalari tashrif buyurishgan.

Qayd etish joiz, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori, o‘zbekistonlik Svetlana Osipova, Braziliya terma jamoasi vakili, Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan Edival Markes hamda Jahon chempionati, qit’aviy musobaqalarning g‘olib-sovrindorlari qatnashmoqda.

Xalqaro yig‘in 16-may sanasiga qadar davom etadi. Braziliya termasi 11-may, Xitoy jamoasi esa 13-mayga qadar poytaxtimizda bo'ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting