Milliy jamoada fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis ish boshladi
Aldo Espozito faoliyati davomida Italiyaning “Kalyari” hamda “Yuventus” klublari va Italiya milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan.
photo: gettyimages
Italiyalik tajribali mutaxassis Aldo Espozito #MilliyJamoa murabbiylar shtabiga qo‘shildi. U terma jamoa futbolchilarining tiklanish jarayoni, jarohatlarning oldini olish hamda reabilitatsiya yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Aldo Espozito faoliyati davomida Italiyaning “Kalyari” hamda “Yuventus” klublari va Italiya milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan. Mutaxassis 5 ta Jahon chempionati va 5 ta Yevropa chempionatida ishtirok etgan bo‘lib, 2006 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi.
Shuningdek, u FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati hamda UEFA Chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar safida faoliyat yuritgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor