locale OZ

Milliy futbol markazida FIFA VAR seminari davom etmoqda

Bugun FIFA VAR seminari doirasida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hakamlar bilan uchrashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Milliy futbol markazida FIFA VAR seminari davom etmoqda
photo: UFA

Bugun FIFA VAR seminari doirasida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hakamlar bilan uchrashdi.

“Milliy futbol markazida nafaqat terma jamoalarimiz, balki hakamlarimiz uchun ham barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Futbolda futbolchi va murabbiylar qatori hakamlarning o‘rni ham beqiyos. Rivojlanishimizda aynan hakamlar sifati, ularning bilim va saviyasi muhim omil hisoblanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘l oldi, endi oldimizda turgan vazifalardan biri — hakamlarimiz sonini ko‘paytirish, ularni nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorlab, jahon chempionati darajasida ishlashiga erishishdir.

FIFA va OFK tomonidan tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari sonini oshirish va o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash muhim. Hakamlar imkon qadar kam xato qilishi, o‘yinni boshqarishda ishonchli va to‘g‘ri qarorlar chiqarishi kerak. Bu esa doimiy o‘qish, tahlil va o‘z ustida ishlash orqali erishiladi.

Shuningdek, futbolda o‘yin vaqtini cho‘zish holatlarining oldini olish, o‘yin tempini saqlab qolish va intensivlikni oshirishda ham hakamlarning roli katta. Hakamlar har bir uchrashuvga mas’uliyat bilan yondashib, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turishi lozim. 2026-yilgi musobaqalarda bugun o‘rganilgan bilim va tajribalar amalda o‘z aksini topishi kerak.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Hakamlar har qanday noqonuniy aralashuvlardan yiroq bo‘lib, professional, halol va ishonchli faoliyat yuritishi shart", — dedi Ravshan Irmatov.

Baholash jarayonida yosh emas, bilim, salohiyat va maydondagi ishlash sifati asosiy mezon bo‘lishi va hakamlar futbol o‘yinlarni yuqori saviyada o'tkizishga ma'sul ekanligi ta'kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting